TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Ayrim Telegram kanallarda o‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyaga borishda viza bekor bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buni rad etdi.
“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bloger va internet faollaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘raydi va vazirlik logotiplari tushirilgan rasmlardan foydalanmaslikni maslahat beradi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan tashqari Janubiy Koreyada ham vaqtincha mehnat qiladi. Rossiyadan farqli o‘laroq Koreyaga ishga borish uchun o‘zbekistonliklardan viza talab qilinadi. Qolaversa, ular UBT-EPS-Topik test sinovlarini topshirishlari kerak.