Navoiydagi istirohat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in natijasida istirohat bog‘iga kirish arkasining 3 kv.m maydonida shift qismi yonib zararlangan.
Sputnik
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Madaniyat" istirohat bog‘ida yong‘in ro‘y berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in 11-avgust kuni soat 15:15 da kelib chiqqan. Yong‘in bog‘ning kirish qismida sodir bo‘lgan.
2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:19 da o‘rab olingan va soat 15:21 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida istirohat bog‘iga kirish arkasining 3 kv.m maydonida shift qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida arkaning 25 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.