TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Armaniston poytaxti Yerevandagi “Surmalu” savdo markazida portlash ro‘y berdi. Bu haqda Sputnik Armaniston mamlakat FVV ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 13:23 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga Armaniston FVVning yong‘in qutqaruvchilari yo‘l olgan. Hozir oltita ekipaj yong‘inni o‘chirishga urinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar bor.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari pirotexnika vositalari alanga olayotganini xabar qilishmoqda.