TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasi Guayakil shahrida (Ekvador) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Dzudo federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyidagi o‘zbekistonlik sportchilar shohsupaga ko‘tarilishdi:
Oltin medal:
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
Kumush:
-66 kg: Azizbek Ortiqov
Bronza:
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+100 kg: Islombek Ravshanqulov.
Ta’kidlanishicha, ushbu yosh toifasida mamlakat tarixida hali hech bir dunyo birinchiligida buncha medal qo‘lga kiritilmagan edi.