Islom diniga qarshi kitob yozgan yozuvchiga hujum qilindi

Rushdiyning bir necha yil oldin chop etilgan “Shaytoniy oyatlar” kitobi musulmon dunyosida islomga qarshi deb topilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Nyu-York shtatida ommaviy tadbirda nutq so‘zlash uchun kelgan britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiga pichoq bilan qurollangan kishi hujum qildi.
OAV xabariga ko‘ra Rushdiga kamida 12 marotaba pichoq urilgan. U bo‘ynidan va qornidan yaralangan. Ayni damda u vertolotda kasalxonaga yetkazilgan.

Nyu-York politsiyasiga ko‘ra, yozuvchiga Nyu-Jersi shtatida yashovchi 24 yoshli Hadi Matar hujum qilgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Rushdining bo‘yin va oshqozonidan jiddiy jarohat olgan. Uning jigari shikastlangan. Qolaversa, 75 yoshli yozuvchining ko‘zi ham ko‘rmay qolishi mumkin. Hozir jarrohlik amaliyotidan o‘tgan va hozir nafas olish apparatida. Hozircha qotillik sabablari aytilmagan.
Ma’lumki, Rushdiyning bir necha yil oldin chop etilgan “Shaytoniy oyatlar” kitobi musulmon dunyosida islomga qarshi deb topilgan edi. Ayrim davlatlarda uning o‘ldirilishi hatto mukofot e’lon qilingan edi.