Mustaqillik bayrami munosabati bilan poyezd chiptalari arzonlashadi

Imtiyozli chiptalarni faqat temiryo‘l kassalari orqali xarid qilish mumkin. Elektron chiptalarga chegirmalar tadbiq etilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki yo‘nalishdagi poyezdlarda harakatlanuvchi yo‘lovchilar uchun chegirmalar e’lon qildi.
Unga ko‘ra, chegirmalar 1-4 sentabr kunlari joriy etiladi.
Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;
Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;
Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa chiptaning tarif qismidan – 15%;
Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa chiptaning tarif qismidan – 15%;
"Afrosiyob" tezurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.
Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilish mumkin.
Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1-4 sentabr kunlari “Uzbekistan Airways”ning mahalliy aviaqatnovlari uchun chiptalarni 50 % chegirma bilan xarid qilish mumkin.