AQShning Xitoyga qarshi kurashi yaxshilik bilan tugamaydi - Van I

Tayvan bilan provokatsiya qilish AQShga ishonchni yanada pasaytiradi, 1,4 milliarddan ortiq xitoyliklarga qarshi kurash hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi, - dedi Van I.
Sputnik
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. AQShning 1,4 milliarddan ortiq xitoyliklarga qarshi kurashi yaxshilik bilan tugamaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I mahalliy OAVga bergan qo‘shma intervyusida ma’lum qildi.

“(AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi – tahr.) Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi, siyosiy provokatsiya uyushtirdi va Tayvan bo‘g‘ozida keskinlikni keltirib chiqardi. O‘z majburiyatlarini buzish va Tayvan masalasida qasddan provokatsiya qilish AQShga ishonchni yanada pasaytirishi mumkin. 1,4 milliarddan ortiq xitoyliklarga qarshi kurash hech qachon yaxshilik bilan tugamaydi”, - dedi Van I.

U AQShning yuqori martabali siyosatchisining Tayvanga tashrifiga Xitoyning javobini oqilona, zarur va o‘rinli deb atadi.
Diplomatning tushuntirishicha, Pekin tomonidan korilayotgan qarshi choralar Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va mintaqaviy barqarorlikni saqlashga qaratilgan. Shuningdek, u ichki ishlarga aralashmaslik tamoyili davlatlararo munosabatlarning “oltin qoidasi” ekanligini ta’kidladi.
“Xitoy tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, xalqaro munosabatlarning asosiy meyorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, xalqaro adolat va xolislikni himoya qiladi”, dedi Van I.
Nensi Pelosi avgust oyi boshida Tayvanga tashrif buyurgan edi. Uning tashrifi 1997-yilda Nyut Gingrichdan keyin AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikerining Tayvanga birinchi tashrifi bo‘ldi. Orolni o‘z provinsiyasi deb bilgan Xitoy Amerika rasmiylarining bu qadamiga javoban davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘rishi haqida ogohlantirgan.
Tashrifga javoban Pekin harbiy mashg‘ulotlar boshlanganini e’lon qildi, shuningdek, Tayvanning ikkita jamg‘armasiga, Pelosining o‘zi va uning yaqin qarindoshlariga qarshi sanksiyalar joriy qildi, Vashington bilan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralarni va qator hamkorliklarni to‘xtatdi.
Bundan tashqari, Xitoy Tayvanga tabiiy qum eksportini va oroldan sitrus mevalari va ba’zi baliq mahsulotlari importini to‘xtatdi.