TOShKENT, 11 avg — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-4 sentabr kunlaridagi mahalliy aviaqatnovlarga 50 % chegirma e’lon qildi.
“Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” respublikamizning barcha aholisi uchun 1-sentabrdan 4-sentabrgacha bo‘lgan bayram kunlarida mahalliy aviaqatnovlarda barcha turdagi tariflarga 50 % chegirma e’lon qiladi”, deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mustaqillikning 31-yilligi “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shior ostida o‘tkaziladi. Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.
1 sentabr – payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentabr – juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qat’i nazar);
3 sentabr – shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun);
4 sentabr – yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni).