Ulug‘bek Rashitov Islom birdamligi o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

V Islom birdamligi o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashitov murosasiz kechgan final jangida Rashitov ozarbayjonlik raqibi ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
Ulug‘bek Rashitov ozarbayjonlik raqibi ustidan ishonchli g‘alaba qozondi

“ Ulug‘bek -68 kg vazn toifasida raqiblaridan bir bosh ustun ekanini yana bir karra ko‘rsatdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, yana bir taekvondochi Niyaz Pulatov delegatsiyaga navbatdagi medalni taqdim qildi.
Niyaz Pulatov bronza medaliga sazovor bo‘ldi
U -63 kg vazn toifasi yarim finalida marokashlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida medallar 5 ta oltin, 6 kumush va 14 ta bronzani tashkil etmoqda. Ularning umumiy soni 25 taga yetdi.
Ma’lumot uchun, V Islom birdamligi o‘yinlari 18-avgustga qadar davom etadi.