TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiyaning Killnet xakerlar guruhi Telegram’da Amerikaning Lockheed Martin harbiy-sanoat korporatsiyasi xodimlarining ichki avtorizatsiya tizimi buzilgani haqidagi dalillarni e’lon qildi.
Xabarga mudofaa gigantining yuzlab xodimlarining ma’lumotlari - ismlari, elektron pochtasi, bo‘linma manzili, telefon raqami, fotosurati aks ettirilgan jadval videosi ilova qilingan.
Killnet guruhi Lockheed Martin tizimi xakerlik hujumi haqida bir kun avval e’lon qildi. Keyinchalik xakerlar korporatsiya o‘z veb-sayti va tizimini qayta tiklagani haqida ma’lum qilgan, lekin ma’lumotlarini emas.
Lockheed Martin kompaniyasi BAE Systems bilan hamkorlikda M142 HIMARS raketa tizimini ishlab chiqqan. Ushbu raketa tizimi 2003-yildan beri AQShda ishlab chiqariladi.
Vashington Kiyevga aholi punktlari va infratuzilma obyektlariga ham zarba beradigan bir nechta shunday tizimlarni yetkazib bergan.