DXR Xalq militsiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Eduard Basurin Kiyev hukumatining Donbass odamlari, birinchi navbatda Ukraina aholisiga, shuningdek, xorijiy mamlakat fuqarolariga nisbatan qilgan jinoyatlari faktlari hujjatlashtirilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Chunki bu yerda otishmalar sabab Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti vakili vafot etgan. Holat shu yerdan uncha uzoq bo‘lmagan Izumrud tumanida sodir bo‘ldi. Vakil Shveysariya fuqarosi bo‘lgan. Shunday holatlar ham bor. Da’volar va sud muhokamalari ma’lum qilinadi va faktlar e’lon qilinadi. Bu jazosiz qoldirilmaydi”, - dedi u jurnalistlarga bergan intervyusida.