Italiya sobiq bosh vaziri Kiyevga qurol yetkazib berishiga qarshi chiqdi

Konte uzoq vaqtdan beri Kiyevga og‘ir qurollar yetkazib berilishiga qarshi chiqib keladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. “5 yulduz harakati” ijtimoiy-siyosiy partiyasi yetakchisi, Italiyaning sobiq bosh vaziri Juzeppe Konte Kiyevga qurol yetkazib berilishiga qarshi chiqdi va Ukraina inqiroziga diplomatik yechim izlashga qaytishga chaqirdi.
“Ommaviy muhokamalardan tinchlik, muzokaralar, diplomatiya so‘zlari yo‘qoldi. Men o‘zimga savol beraman: biz urushning muqarrarligidan voz kechdikmi? “5 yulduz harakati” o‘z e’tirozlarini bildirganida, bu haqda aniq ogohlantirishdi: urush o‘z nomi bilan urush”, deydi taniqli siyosatchi.
Ma’lumot o‘rnida, Konte uzoq vaqtdan beri “5 yulduz harakati” nomidan YeIning Ukraina inqirozi munosabati bilan qurollanish poygasiga qo‘shilishiga va Kiyevga tobora og‘ir qurollar yetkazib berilishiga qarshi chiqib keladi, uning fikricha, bu mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin.