ShHT-2022: Samarqand sammiti

Toshkentda ShHT II Iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi

Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligini o‘rnatishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 16-17 avgust kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) II Iqtisodiy forum o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tadbirning asosiy maqsadi tomonlarning e’tiborini o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollariga qaratish, ShHT makonidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Forum doirasida yalpi majlis, panel munozaralari, ikki tomonlama uchrashuvlar, B2B muzokaralar o‘tkaziladi. Uning kun tartibi raqamli iqtisodiyot, "yashil" texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy, sanoat hamkorligini kengaytirish va o‘zaro munosabatlarning boshqa ustuvor yo‘nalishlarining salohiyatini ochib berishga qaratilgan.
ShHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar, korxonalar vakillarining o‘zaro hamkorligini o‘rnatish hamda ShHT makoni hududlariga investorlarni jalb qilish uchun samarali platformaga aylanishi kutilmoqda.
Birinchi bunday forum 2021-yilning iyun oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.