TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Sirdaryo viloyati issiqlik elektr stansiyasida jami sig‘imi 2400 litrga teng bo‘lgan 12 ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Quyosh suv isitish qurilmasi
© Energetika vazirligi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, quyosh suv isitish qurilmalari ish boshlagach korxona xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatilayotgan issiqlik tizimi o‘chirilib, to‘liq zahiraga chiqarildi.
Quyosh suv isitish qurilmasi
© Energetika vazirligi matbuot xizmati
Qurilmalardan foydalanish hisobiga korxona yiliga 100 ming kilovatt soat elektr va 300 Gkall issiqlik energiyasini tejash imkoniga ega bo‘ladi.