Qozog‘iston aviakompaniyalari O‘zbekistonga reyslar sonini ko‘paytirishni so‘rashmoqda

Qozog‘iston O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlar va reyslarni ochish bo‘yicha taklif yo‘llangan.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Qozog‘istonning yirik “Air Astana”, SCAT va “Qazaq Air” aviakompaniyalari O‘zbekiston va Xitoyga reyslarni ko‘paytirish ustida ish olib borishmoqda.
“Biz Xitoyning aviatsiya hukumatlariga reyslar sonini oshirish taklifini bildirib, xat yo‘lladik. O‘zbekistonlik hamkabslarimizga ham yangi yo‘nalishlar va reyslarni ochish bo‘yicha takliflar yo‘llangan, hozir javoblarini kutapmiz”, - dedi mamlakat fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Saltanat Tompiyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Xitoy, O‘zbekiston va Pokistonning aviatsiya hukumatlariga mavjud masalalarni tezkor ko‘rib chiqish uchun murojaat qilinadi.
Ta’kidlanishicha, hozir Qozog‘istondan 28 ta mamlakatning 115 ta shahriga, jumladan, O‘zbekistonga parvozlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 6 oyi davomida mamlakat aviakompaniyalari xalqaro reyslarda 1,2 million yo‘lovchini tashishgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 60 foizga ko‘proq.
O‘zbekiston va Qozog‘iston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlaydi