Bu qiziq

O‘pka saratonining asosiy alomatlari

Britaniyalik mutaxassislar o‘pka saratoni kasalligining alomatlarini ma’lum qilishdi
Sputnik
“Muntazam yo‘tal va nafas qisilishi o‘pka saratonining rivojlanishi belgisi bo‘lishi mumkin”, - deydi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati (NHS).
O‘pka saratonining asosiy belgilari nafas olish tizimi bilan bog‘liq. Ayniqsa, yo‘tal va nafas qisilishi. Shuningdek, quyidagi alomatlar saroton belgisi bo‘lishi mumkin:
nafas olish yo‘llaridagi doimiy infeksiyalar
yo‘talganda qon chiqishi
nafas olish yoki yo‘talda og‘riq yoki noqulayliklar
muntazam charchoq hissi va quvvat yo‘qolishi
ishtaha yo‘qolishi
hech qanday sababsiz tana vaznining kamayishi
Biroq, ekspertlarning aytishlaricha, yo‘tal paydo bo‘lishi yoki nafas olish bilan muammolar har doim ham saraton kasalligiga chalinganlikni bildirmaydi.