TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya Markaziy banki 2023-yilda Checheniston va Dog‘istonda islomiy bank ishi bo‘yicha pilot loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat Moliya vazirligi bilan birgalikda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar tayyorlamoqda. Markaziy bank matbuot xizmatiga ko‘ra, gap islom bankining rivojlanishi haqida bormoqda.
“Checheniston va Dog‘iston Respublikalari Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi tomonidan ushbu loyihaning subyektlari sifatida taklif qilingan”, - deyiladi xabarda.
Iyul oyi boshida Davlat dumasi Moliya bozori qo‘mitasi rahbari Anatoliy Aksakov Islomiy bank qoidalarini belgilovchi qonun loyihasi idoralarga tasdiqlash uchun yuborilganini aytib,kuzda uni qabul qilishga umid bildirdi.
Uning qayd etishicha, loyihani amalga oshirish uchun Malayziya, Indoneziya va bir qator arab davlatlari bilan hamkorlik qilinmoqda.