ARMI-2022

ArMI—2022: Chirchiqda “Sodiq do‘st” musobaqasiga tayyorgarlik boshlandi

"Sodiq do‘st" musobaqasi ishtirokchilari uchun dastlab Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda "Shon-sharaf" davlat muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg - Sputnik. "ArMI—2022" xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida tashkil qilinayotgan “Sodiq do‘st” musobaqasi ishtirokchilari, manzilga yetib kelib musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.
Jamoalar musobaqa bo‘lib o‘tadigan hududda dastlabki tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Ular bellashuv o‘tkaziladigan o‘quv nuqtalari bilan yana bir bor tanishib chiqib, musobaqa shartlari va ketma-ketligi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Harbiy xizmatchilarning xizmat itlari bilan birgalikda mahoratini sinovdan o‘tkazadigan mazkur yo‘nalish musobaqasi o‘zining bir qator murakkabliklari bilan alohida ajralib turadi. Irodaning mustahkamligi, kuchli sabr-bardosh va o‘ziga bo‘lgan ishonch musobaqada katta ahamiyat kasb etadi.
ArMI-2022: Podgotovka k sorevnovaniyam verniy drug v Chirchike
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekiston "ArMI—2022" xalqaro armiya o‘yinlarining beshta musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Sodiq do‘st” musobaqasidi ishtirok etish uchun yetib kelgan ishtirokchilar uchun dastlab Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda "Shon-sharaf" davlat muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi.
ArMI-2022: Podgotovka k sorevnovaniyam verniy drug v Chirchike