TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Test materiallarini o‘z vaqtida topshirmagan abituriyentlar test sinovidan chetlatiladi.
Aytilishicha, 9-avgust kuni Andijon viloyatidagi 1-sektorda o‘tkazilgan test sinovida abituriyent test materiallarini o‘z vaqtida topshirmagan. U guruh nazoratchilarining ogohlantirishlariga qaramay test topshiriqlarini ishlashda davom etgan.
"Test materiallari test sinovlari yakunlanganidan 15 daqiqa o‘tib, 10:15 da topshirilgani uchun abituriyent dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, abituriyent test materiallarini topshirishdan bosh tortgan. Materiallarni guruh nazoratchilariga bermagani uchun test materiallariga ziyon yetkazmaslik maqsadida abituriyentdan test materiallari tortib olinmagan.