Rossiya kemasi Eron sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi - video

Roskosmos: Rossiya Eronning Yerni masofadan zondlovchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Rossiya Eron uchun qurilgan masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi, deb xabar berdi “Roskosmos”.
Rossiyaning “Soyuz-2.1b” raketasi va Bayqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan “Fregat” bloki yordamida Yerni masofadan turib zondlash uchun mo‘ljallangan Eron “Xayyom” kosmik appartini orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqildi.
Eron sun’iy yo‘ldoshi va Rossiyaning 16 ta kichik kosmik apparati bo‘lgan "Soyuz" Moskva vaqti bilan soat 08:52da Bayqo‘ng‘irdan uchirildi.
Bir necha daqiqadan so‘ng raketa past Yer orbitasiga chiqdi, keyin “Fregat” vositalarni maqsadli orbitalarga yetkazdi.
Eron sun’iy yo’ldoshi bilan birgalikda CubeSX-HSE-2, "Monitor-1", UTMN, CYCLOPS, Siren, "KAI-1", "Kuzbass-300", Skoltech-B1, Skoltech-B2, Polytech Universe-1, Polytech Universe-2, Vizard, "Geoskan-Edelveys", MIET-AIS, ISOI va ReshUCube apparatlar yetkazildi.
Bu sun’iy yo‘ldoshlar Rossiyaning yetakchi oliygohlari, kompaniyalari va notijorat tashkilotlari tomonidan yaratilgan.
Roskosmos bosh direktori Yuriy Borisov bu parvoz Rossiya-Eron hamkorligidagi muhim bosqich deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshining uchirilishi kattaroq loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.