Rossiya - Turkiya hamkorligining kuchayishi Erdo‘g‘anga ustunlik beradi - OAV

Rossiya bilan hamkorlik Turkiya lirasini mustahkamlab, prezident Erdo‘g‘onga saylovdja ustuvorlik beradi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anqara uchun muhim pallada turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda AQShning Bloomberg nashri. RIA Novosti xabariga asosan.
Turkiyada umumiy saylovlarga bir yildan kamroq vaqt qolgan va Anqara iqtisodiyotini barqarorlashtirishi kerak, deb yozadi AQSh nashri.
Maqola muallifiga ko‘ra, Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Turkiyaning Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashga qisman o‘tishi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar lira kursini barqarorlashtiradi va narxlar oshishining yangi to‘lqinining oldini oladi.
Bundan biroz oldin Rossiyaning "Rosatom" atom energetikasi davlat korporatsiyasi Turkiyadagi sho‘’ba korxonasi "Akkuyu Nuklear" hisob raqamiga AES qurish uchun kerakli bo‘lgan mablag‘ni o‘tkazgan edi. Bu esa turk lirasining kursi barqarorlashishiga olib keldi.
Undan tashqari, Anqara G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilgani yo‘q. Turkiya NATOdan to‘liq voz kechmagan holda Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirmoqchi, deb yozadi Bloomberg.
O‘tgan hafta oxirida Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Sochida muzokara o‘tkazdi. Ular ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar va boshqa narsalar qatori Rossiya gazining Turkiyaga yetkazib berilishi qisman rublda to‘lanishiga kelishib oldilar.
Shuningdek, Vladimir Putin Erdo‘g‘onni shu yil kuzda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga taklif qildi. Erdo‘g‘on u yerda o‘zining Sharqdan G‘arbga energetik koridor qurish taklifi bilan ishtirok etmoqchi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning noyabr oyida turk lirasi 18 foizga qulagan edi– bu oxirgi 20-yildagi maksimal pasayish bo‘lib, 20-dekabrda rekord o‘rnatildi – bir dollar uchun 18,4 lira. Milliy valyuta kursining o‘zgarishi fonida yillik inflyatsiya keyinchalik 36 foizgacha tezlashdi.