Respublikaning ikki viloyatiga sel kelishi mumkin – FVV

10-12 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning ayrim hududlariga sel kelish xavfi bor.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlariga 10-12 avgust kunlari sel kelishi mumkin. Bu haqida FVV xabar berdi.
Qayd etilishicha, kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning ikki viloyatiga sel kelish xavfi bor.
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari.
Xabarda tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.