Bu qiziq

Pishloq bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin - mutaxassis

Shifokor-endokrinologning aytishicha, ko‘p pishloq iste’mol qilish bosh og‘rig‘i va taxikardiyaga sabab bo‘ladi.
Sputnik
Ko‘p pishloq iste’mol qilish nafaqat bosh og‘rig‘i, balki taxikardiyani (yurak ritmi buzilishi - aritmiyaning bir turi) keltirib chiqarishi mumkin.
Pishloq ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi mahsulot. U kalsiy (shuningdek, unda xavfli kazein yo‘q), oqsillar va yog‘lar manbai. Ammo, ko‘pchilik ushbu mahsulotga qaram bo‘lib qolishi mumkin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yetuk pishloq tarkibidagi tiramin moddasi sabab bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Ushbu modda mog‘orlagan pishloq, shuningdek chedder, parmezan va motsarellada ko‘p. Shuningdek, tiramin moddasi qizil vino, yong‘oq, avokado va maslinda ko‘p uchraydi.
Bosh og‘rig‘idan tashqari, ko‘p pishloq iste’mol qilganda yurak urushi ritmi tezlashadi, terlash, ko‘krakda og‘riq, barmoqlarda qaltirashi kuzatilishi mumkin. Shuningdek, pishloq tarkibida ko‘p yog‘ bo‘lgani sababli uni uy hayvonlariga ozuqa sifatida berish mumkin emas.