TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi yil hosili uchun kartoshka urug‘liklari zaxirasini yaratish bo‘yicha joylarda tashkiliy va agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil hosili uchun 2022-yilda ekilgan o‘rtaki va kechki kartoshkalardan urug‘lik zahirasini yaratish uchun ushbu ekinni daladan nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish, uni sovutgichli, oddiy hamda fermer xo‘jaliklaring omborxonalarida saqlashga qo‘yish, shuningdek, urug‘liklarni kasallik va zararkunandalaridan himoya qilish ishlarini tizimli tashkil etish muhim hisoblanadi.
kartoshka urug‘ligi zaxirasi yaratilmoqda
© Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
2023 yil hosili uchun 30,4 ming fermer va qishloq xo‘jaliklari korxonalari tomonidan 106 ming gektar asosiy maydonlarga kartoshka joylashtirilgan.
Ushbu asosiy maydonlar uchun 267 ming tonna urug‘lik talab etilishi hisob-kitob qilinib, shundan, joriy yilda 289 ming tonna (2 ming tonna qo‘shimcha) urug‘lik kartoshka jamg‘arish belgilab olingan.
kartoshka urug‘ligi zaxirasi yaratilmoqda
© Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
5 avgust holatiga ko‘ra, 43,6 ming tonna yoki 15 % urug‘lik kartoshka jamg‘arilgan. Shundan, 11,7 ming tonnasi sovitkichli omborxonalarda va 31,9 ming tonnasi oddiy omborxonalarda saqlanmoqda.