TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoa bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.
Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi.
Nodirbek Yakubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov raqiblariga qarshi o‘yinda durang natija qayd etishgan bo‘lsa, Jahongir Vohidov g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.