Milliy messenjer yaratishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalaniladi

Milliy messenjerlarni rivojlantirishda Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Kanada kabi davlatlar tajribasidan foydalaniladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratish bo‘yicha startap loyihalar tanlovi e’lon qilindi, arizalar 1-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ayni paytda respublikada milliy messenjerni ishga tushirish uchun mahalliy bozor shakllangan va foydalanuvchilarni turli kibertahdidlardan himoya qilish uchun mahalliy platforma yaratish zarur. Milliy messenjer yaratishda xorijiy davlatlar tajribasidan foydalaniladi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Milliy messenjerlarni rivojlantirishda Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Kanada kabi davlatlar tajribasidan foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda raqamli muhitda islohotlar to‘lqini kechmoqda. 1-avgustdan boshlab mamlakatda Twitter, WeChat va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish imkoniyati to‘liq tiklandi.
O‘zbekistonda har yili internetdan foydalanuvchilar soni 1,4 foizga oshib bormoqda. Ayni paytda mamlakatda 24 milliondan ortiq kishi internetdan foydalanadi.
Shu bilan birga, Innovatsiyalar vazirligi tomonidan
Startap loyihasining tashabbuskori uning ta’sischilaridan biri yoki kompaniya aksiyadorlaridan biri bo‘lishi kerak. Har bir ishtirokchi tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin. Barcha loyihalar milliy ishlanmalar va innovatsiyalar asosida bo‘lishi kerak. Loyihani amalga oshirish muddati 1-yildan oshmasligi lozim.