Islom birdamligi o‘yinlarida yana bir oltin medal qo‘lga kiritildi - foto

Erkaklar o‘rtasida suzish bahslarida Azizbek Boynazarov musobaqadagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida Azizbek Boynazarov ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqalarning para suzish bahslarida erkaklar o‘rtasida 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha final bellashuvi o‘z yakuniga yetdi.
Islom birdamligi o‘yinlari: yana bir oltin medal qo‘lga kiritildi
Unda ishtirok etgan Azizbek Boynazarov 2:38,86 daqiqa natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va o‘zining ushbu musobaqadagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Islom birdamligi o‘yinlari: yana bir oltin medal qo‘lga kiritildi
Ma’lumot uchun, Azizbek Boynazarov avvalroq 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bahslarda ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.