TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining 80 foizi dori vositalarini raqamli markirovkalashga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
1 sentabrdan boshlab respublikada dori vositalarini raqamli markirovkalash boshlanadi. Ko‘plab korxonalar allaqachon o‘z dori vositalarini markirovkalashni boshlashgan.
Raqamli markirovkalash farmatsevtika bozorini "oqlash" va qalbaki mahsulotlarga qarshi kurashish imkonini beradi.
Tizim bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Birinchi bosqichda ikkilamchi (tashqi) va asosiy (ichki) paketlardagi dorilar, keyingi o‘rinda kam uchraydigankasalliklarni davolash uchun orfan dori vositalari va tibbiy mahsulotlar turadi.
O‘zbekistonda dori vositalari sifatini nazorat qilish uchun “Asl Belgisi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. U bilan raqamli kodni skanerlash orqali xaridor mahsulot haqidagi barcha ma’lumotlarni bilib olishi va uning haqiqiyligini tekshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda raqamli markirovkalash tizimini joriy qilishda Rossiyaning ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda yiliga 1 milliard 600 mln dollarlik farmatsevtika mahsulotlari iste’mol qilinadi. Yil yakuniga qadar 80 ta tumanni dorivor o‘simliklarni yetishtirishga moslashtirib, 7,5 ming gektarda plantatsiyalar tashkil etish (hozirda 600 gektar) rejalashtirilgan.