TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Zaporojye viloyati rahbari Yevgeniy Baliskiy Rossiya tarkibiga kirishga oid referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Markaziy saylov komissiyasining Zaporojye viloyatining Rossiya bilan birlashishiga oid referendum o‘tkazishga tayyorgarlikni boshlash to‘g‘risidagi farmoyishini imzolayapman”, - dedi u Melitopolda bo‘lib o‘tayotgan “Biz Rossiya bilan birga” forumida.
Uning bu qarorini forum qatnashchilari gulduros qarsaklar bilan qarshi olishdi. Forumga butun viloyatdan 700 nafardan ziyod delegatlar yig‘ilgandi. Tadbir yakunida Rossiya madhiyasi yangradi.
Rossiyaning maxsus operatsiyasi davomida armiya Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismi nazorat ostiga olindi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatila boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklana boshlandi. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.