Uzpaynet ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

Talabgorlardan arizalarni qabul qilish jarayoni 7-sentabrga qadar davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Uzpaynet ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yildi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Abrau Capital va Centil kompaniyalar konsorsiumi ushbu Bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi hisoblanadi.
Talabgorlardan arizalarni qabul qilish jarayoni 7-sentabr soat 18:00ga qadar davom etadi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar keltirilishi lozim:
Ishtirokchi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);
Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/ ta’sischilar (egalik ulushi ko‘rsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
Moliyaviy hisobot (oxirgi 3-yilgi faoliyati bo‘yicha afzalroq).
Ma’lumot uchun, Uzpaynet O‘zbekiston bozorida 2005-yildan buyon yirik to‘lov tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda 390 dan ortiq xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar to‘lovlarni tizim orqali qabul qilmoqdalar.
Ushbu tizim orqali har kuni 1,3 mlndan ortiq to‘lovlar 25 ming to‘lovni qabul qilish punkti va shu nomdagi mobil ilova orqali amalga oshiriladi.