Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiylari yana Xersondagi Antonovka ko‘prigiga hujum qilishdi

Stremousovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Amerikaning HIMARS yalpi hujum reaktiv tizimlaridan zarba bergan.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Ukraina armiyasi Xerson viloyatidagi Dnepr orqali o‘tuvchi Antonovka ko‘prigiga navbatdagi raketa hujumini amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novostiga viloyat ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.

“Kecha tunda Antonovka ko‘prigida raketa hujumi uyushtirildi. Bitta uchib kelish kuzatildi, bu esa qurilish kabinasi va beton aralashtirgichda yong‘inga olib keldi. Ko‘prikka shikast yetgan, demak, biz uni tiklashda davom etamiz. Hech qanday jiddiy shikastlanishlar yo‘q”, - dedi u.

Stremousovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Amerikaning HIMARS (High Mobility Artillery Rocket Systems) yalpi hujum reaktiv tizimlaridan zarba bergan, raketalarning aksariyati havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan.
Viloyat ma’muriyati rahbari o‘rinbosari mutasaddilar ko‘prikni albatta tiklab, harakatlanishni boshlashini ta’kidladi.
Iyul oyining oxirida Ukraina qo‘shinlarining navbatdagi hujumidan so‘ng Antonovka ko‘prigi shikastlangani sababli to‘sib qo‘yildi. Ta’mirlash ishlari shu hafta yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Rossiya harbiylari kechib o‘tish joyini tashkil qilishdi.
Maxsus operatsiya davomida armiya Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatila boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklana boshlandi. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.