Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyevning bu hafta uchun ish rejasida mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish, muhokamalar o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Prezident bu hafta Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, prezidentning bu hafta uchun ish rejasida mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish, muhokamalar o‘rin olgan.
Hafta davomida prezident metallurgiya sanoati, Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi.
Shuningdek, ish rejasiga keng jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan masalalarga oid tadbirlar ham kiritilgan.
Sherzod Asadov o‘z so‘zida o‘tgan haftaning qisqacha tafsilotlariga ham to‘htalib o‘tdi.