TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston velosportchilari V Islom birdamligi o‘yinlarida o‘zining birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqida sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik 265 nafar sportchi 24 ta sport turida ishtirok etmoqda.
Velotrekning ochkolar poygasi yo‘nalishida o‘tgan bahsda Olga Zabelinskaya eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda Yanina Kuskova yana bir kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, V Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi hisobidagi medallar 1ta oltin, 2ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.