“Lanya”: Xitoy va Singapur olimlari yangi xavfli virusni aniqlashdi

“Lanya” virusi Xitoy hududida, Shandun va Xenan provinsiyalarida topilgan. Hozirgacha kamida 35 kishi ushbu kasallikka chalingan.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Xitoy va Singapur olimlari genipavirusning odamlar va hayvonlarga yuqishi mumkin bo‘lgan yangi – “Lanya” turini aniqlashdi. Bu haqda tadqiqotchilarning “The New England Journal of Medicine” jurnalida chop etilgan ilmiy maqolasida yozilgan.
“Lanya” virusi Xitoy hududida, Shandun va Xenan provinsiyalarida topilgan. Hozirgacha kamida 35 kishi ushbu kasallikka chalingan.
Kasallikning belgilari: isitma, charchoq, qayt qilish va yo‘tal.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, hozircha infeksiya holatlari o‘limga olib kelmagan. Hozirda olimlar virus odamdan odamga yuqishi mumkinligini aniqlay olmagan.