TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi tashkilotlarning axborot va kiberxavfsizlik holati baholandi. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik holati 2022-yil 2-choragi yakuniy natijalari bo‘yicha reyting baholash o‘tkazildi.
Baholash Kiberxavfsizlik markazining axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslangan holda olib borildi.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha tashkilotlar TOP-10 taligi:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - 97.3 ball;2.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki - 97 ball;3.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi - 95.2 ball;4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi - 95.1 ball;5.
O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki - 95.1 ball;6.
Farg‘ona viloyati xokimligi - 94.6 ball;7.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi - 92.6 ball;8.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 92.3 ball;9.
Toshkent shahar xokimligi - 91.9 ball;10.
Namangan viloyati xokimligi - 91.7 ball.Eslatib o‘tamiz, aprel oyida prezident tomonidan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun imzolangandi. Hujjatga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega.