Britaniya sobiq bosh vaziri “qashshoq qish” haqida ogohlantirdi

Braunning prognozlariga ko‘ra, “moliyaviy bomba” shu yilning kuzida portlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Gordon Braun Britaniya rasmiylarini joriy qishda aholi qashshoqlashishini oldini olishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Braunning fikricha, amaldagi bosh vazir Boris Jonson va bu lavozimga nomzodlar inqirozdan qochish uchun favqulodda budjetni qabul qilishlari kerak.

“Boris Jonson, Sunak va Trass shu hafta favqulodda budjetni qabul qilishga rozi bo‘lishlari kerak. Agar rozi bo‘lmasalar, ularni majburlash uchun parlament chaqirilishi kerak”, dedi siyosatchi.

Sobiq vazir, shuningdek, mamlakat rahbarlarining aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga befarqligi axloqsizlik ekanini qo‘shimcha qildi. Uning prognozlariga ko‘ra, “moliyaviy bomba” shu yilning kuzida portlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Britaniya fuqarolari mamlakat rahbariyati tomonidan kiritilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’siridan norozi. Sanksiyalar Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, gaz, neft, elektr energiyasi narxlarining yuqori o‘sishiga, shuningdek, qirq yil davomida 9 foizlik inflyatsiya rekordiga olib keldi. Buyuk Britaniyada olti millionga yaqin oila ertalab va kechqurun chiroq o‘chib qolish xavfi ostida. Shuningdek, anonim faollar agar hukumat kommunal to‘lovlarni pasaytirmasa, britaniyaliklarni elektr to‘lovlarini to‘lamaslikka chaqirmoqda.