AQSh inqiroz keltirib chiqaradi va unda boshqalarni ayblaydi – Xitoy rasmiysi

Qo‘shma Shtatlar, bir tomondan, inqiroz yuzaga keltiradi, boshqa tomondan esa, uni nazorat qilish va boshqarish zarurligi haqida bot-bot takrorlaydi, deydi U San.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari inqirozni o‘zi yaratadi, keyin esa o‘zining noto‘g‘ri bayonotlari hamda harakatlarini oqlashga, faktlarni buzib ko‘rsatishga va mas’uliyatni boshqalarga yuklashga intiladi, Pekin bunga qarshi, dedi Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi U San.

“AQSh Tayvan bo‘g‘ozida provakatsiya qildi va hozirgi keskin vaziyatni AQSh keltirib chiqardi. Shuning uchun, Amerika tomoni buning natijasida paydo bo‘ladigan jiddiy oqibatlar uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.

Vazirlik rasmiysining ta’kidlashicha, Xitoy Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar hamda Tayvan masalasi bo‘yicha o‘zining jiddiy pozitsiyasini bildirgan, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi tashrifi munosabati bilan o‘z bayonotlarini bergan. Ammo Amerika tomoni tilda boshqa, amalda boshqa ish qilgan. Mamlakat Pelosining tashrifini qo‘llab-quvvatlab, Tayvan bo‘g‘ozida keskinlikni keltirib chiqargan.
“Xitoyning bunga qarshi choralari Qo‘shma Shtatlar va Tayvanning provokatsiyalariga javoban zaruriy ogohlantirishdir. Mamlakatning davlat suvereniteti va xavfsizligini himoya qilishi to‘liq adolatli hamda maqsadga muvofiqdir”, dedi u.
“Qo‘shma Shtatlar, bir tomondan, inqiroz yuzaga keltiradi, boshqa tomondan esa, uni nazorat qilish va boshqarish zarurligi haqida bot-bot takrorlaydi. Ular o‘z noto‘g‘ri bayonotlari va xatti-harakatlari, provokatsiyalarini yashirish uchun bahonalar izlashadi. Ular hatto ommaviy shov-shuvlarni keltirib chiqarishadi, faktlarni buzib, mas’uliyatni boshqalarga yuklashga harakat qiladi, Xitoy bunga keskin qarshi chiqadi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyoti 2-avgust kuni Taybey aeroportiga qo‘ndi. Bu Qo‘shma Shtatlar rasmiy vakilining 1997-yildan buyon ushbu orolga amalga oshirgan birinchi tashrifi bo‘ldi.
Xitoy Tayvanni o‘zining ajralmas qismi deb biladi va so‘nggi 50-yil davomida “hududiy yaxlitlik” siyosatini o‘tkazmoqda. Shu sababli XXR Taypey vakillari hamda xorijiy davlatlarning yuqori martabali amaldorlari va harbiylari o‘rtasidagi har qanday aloqaga doimo qarshi chiqib kelgan.
Xitoyning BMTdagi rasmiy vakili Chjan Szunga ko‘ra, xorijiy davlatlar tomonidan Xitoy va Tayvanning “hududiy yaxlitlik” tamoyilni mensimaslik – bu “qizil chiziq”dan o‘tishdir.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Pelosining ushbu safarini “provokatsiya” va boshqa “davlatlar huquq va manfaatlarini mensimaslik” deb atadi.