Norov Xitoy elchisi bilan muzokara o‘tkazdi

Vladimir Norov Xitoy elchisi Szan Yanni qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szan Yanni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Xitoy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, tomonlar XXR Davlat Kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I ning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlar natijalarini yuqori baholadilar.
O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.