Nikolay Kim O‘zbekistonda sholichilikni qanday rivojlantirdi

Bir oy oldin Moskvadagi VDNXda Nikolay Kim guruch festivali bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
Bayram ko‘plab mehmonlarni to‘pladi – unga moskvaliklar ham, O‘zbekiston vakillari ham, jumladan, Nikolay Vasilevich Kim birinchi direktori bo‘lgan Yangiariq tumanidagi “Al-Xorazmiy” sovxozida istiqomat qiluvchilar Ulug‘bek Kurazov va Ro‘ziboy Abdullayevlar tashrif buyurishdi.
Tadbirda taniqli o‘zbekistonlik oshpaz Alisher Xalilov an’anaviy “Lazer” guruchidan o‘zbek palovini pishirdi.
"Lazer" sholi navi O‘zbekistondan tashqarida ham keng tarqalgan. Bu o‘zbek palovini tayyorlash uchun eng mashhur guruch navlaridan biridir. Uni sanoat miqyosida ishlab chiqarish Sovet davrida sholi yetishtiruvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni Nikolay Kim tomonidan tashkil etilgan.
Nikolay Kim nafaqaga chiqishidan ikki yil avval sholi fermasini yaratgan. Biroq, guruch yetishtirish jarayoni unga bolaligidan ma’lum edi. 10 yoshida u onasiga sholichilikka yordam berish uchun maktabni tark etishga majbur bo‘ldi.
O‘zbekistonda hamma “Lazer” navli guruchni biladi, uni ishlab chiqarishni sanoat miqyosida rivojlantirgan inson haqida Sputnik videolavhasida bilib olishingiz mumkin.