Rostov-na-Donda O‘zbekiston yangi bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi yangi bosh konsuli Burxon Aliqulov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida O‘zbekistonning yangi bosh konsuli — Burxon Aliqulov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Burxon Aliqulov 40 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasining bitiruvchisi.
Rostov-na-Donudagi yangi bosh konsul
2004 yildan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tizimida attashe sifatida ish boshlagan. 2020-2022 yillarda Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2019 yilda O‘zbekiston Rostov-na-Don shahrida diplomatik vakolatxonasini ochgan. O‘shanda bosh konsul lavozimiga Rustam Qo‘rg‘onboyev tayinlangandi.
Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi.