TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Bolgariyada bo‘lib o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Marjona Xudoyqulova vitse-chempion bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, ayni kunlarda Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning uchinchi kunida -52 kg vazn toifasida Marjona Xudoyqulova sovrindor bo‘ldi.
“Finalga qadar barcha raqibalarini taslim qilgan Marjonaga hal qiluvchi bahsda biroz omad yetishmadi va kumush medalni qo‘lga kiritdi”, deyiladi xabarda.
Musobaqaning birinchi kuni Gulshanoy Ismoilova bronza medaliga ega chiqdi.
Bugun musobaqaning to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik uch nafar taekvondochi ishtirok etadi:
-63kg Nazarali Nazarov
-55kg Marjona Yuldasheva
-68kg Shohjahon Karimboyev
O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 7-avgustga qadar davom etadi.