Toshkentda tug‘ilib o‘sgan va ayni damda Ukrainada Rossiya ittifoqchilari safida jang qilayotgan askar, tank bo‘linmasi kommandiri Arsen, RIA Novostiga millatlar tengligi haqida hikoya qilib berdi.
Men Toshkent shahrida tug‘ilganman. U yerda onam, buvam va buvim bilan yashaganman.
Menga yoshligimdan shunday o‘rgatishgan: dunyoda hech qanday alohida, birovdan ustun millat yo‘q. Hamma joyda inson va insoniylik degan tushuncha bor. Yordamga muhtoj odam ko‘rsang – yordam ber, - deydi Arsen
12 yoshimda Rossiyaning Ramensk shahriga ko‘chib o‘tganman. Moskvada maktab va oliy ta’lim olganman. Armiyada xizmat qilmaganman, lekin harbiy-klubda shug‘ullanganman. Bu yerga ko‘ngilli bo‘lib kelganman.
Granitniy yonida birinchi jangda, tankimizga boshqariluvchi raketa yordamida zarba berishdi. Tank bunga bardosh bera oldi. Biz javob o‘ti bilan raqibning o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qildik va raqibning nishonlarini belgilab oldik.