Madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha yagona OAV platformasi yaratiladi

Tajribali OAV vakillari va blogerlar ko‘ngilli ravishda madaniy yodgorliklarni himoya qilishda ishtirok etishadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekistonda madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha yagona OAV platformasi yaratiladi. Bu haqida Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan anjumanda e’lon qilindi.
O‘zbekistonda Madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan yagona OAV platformasi yaratiladi va unda mamlakatdagi tajribali va faol OAV vakillari, internet va bosma nashrlar mutaxassislari, blogerlar ko‘ngilli ravishda platformada faoliyat yuritishlari mumkin, - deyiladi xabarda.
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil qilingan tadbir "Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash" nomli xalqaro konferensiya hamda "Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Shuningdek, YuNESKOning Qozog‘istondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Magnus Magnusson ishtirokchilarga onlayn murojaat qildi.
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente