TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Xalqaro turnirlarda g‘olib bo‘lgan shaxmatchi va trenerlarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori belgilandi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PQ-347 sonli qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medal olgan sportchiga 600 mln so‘m, trenerga 300 mln so‘m pul mukofoti beriladi.
Kumush medal sohibiga 300 mln so‘m, trenerga 150 mln so‘m;
Bronza medal sohibiga – 150 mln so‘m, trenerga 75 mln so‘m.
Qolaversa, Xalqaro shaxmat federatsiyasi tasnifiga ko‘ra jahon musobaqalarida oltin medal olgan sportchiga 90 mln so‘m, trenerga esa 45 mln so‘m pul mukofotini berish belgilandi.
Kumush medal sohibiga 45 mln so‘m, trenerga 22,5 mln so‘m;
Bronza medal sohibiga – 22,5 mln so‘m, trenerga 11 mln 250 so‘m.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi tasnifiga ko‘ra Osiyo musobaqalarida oltin medal olgan sportchiga 21 mln so‘m, trenerga esa 11,5 mln so‘m pul mukofotini berish belgilandi.
Kumush medal sohibiga 11,5 mln so‘m, trenerga 5 mln 250 so‘m;
Bronza medal sohibiga – 5 mln 250, trenerga 2 mln 625 so‘m.
Xalqaro grossmeyster bo‘lganda 30 mln so‘m pul mukofoti beriladi.