G20 davlatlarining yarmi Rossiyani yakkalab qo‘yishdan bosh tortapti – “Bloomberg”

Material muallifiga ko‘ra, G20 davlatlarining bunday cheklanishiga bir qancha sabablar bor.
Sputnik
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. “Katta yettilik” mamlakatlari Rossiyani yakkalab qo‘yish istagida bo‘lishiga qaramay, “Katta yigirmatalik” a’zolarining deyarli yarmi bunday maqsadni amalga oshirishdan bosh tortmoqda. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.
Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, G20 ning eng boy davlatlarining yuqori martabali amaldorlari boshqa davlatlarni bunday choralar zarurligiga ishontirishga harakat qilgan, ammo ular bu rivoyatga ergashishni istamagan. Xususan, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika bo‘ylab uzoq safari chog‘ida shunday “noqulay haqiqat”ga duch kelgan.
Hozirgi vaziyat Rossiya nefti narxini cheklash kabi global tashabbuslarni amalga oshirishni jiddiy ravishda murakkablashtiradi, deya ta’kidlaydi nashr.
Material muallifiga ko‘ra, G20 davlatlarining bunday cheklanishiga bir qancha sabablar bor. Ular orasida Moskva bilan tarixiy aloqalar, mamlakatlarning o‘z iqtisodlari uchun qo‘rquvi, sobiq mustamlakachi davlatlarga ishonchsizlik bor.
Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qilishdi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar G‘arbning o‘zi uchun muammo bo‘lib chiqdi, ya’ni, ular inflyatsiya va oziq-ovqat hamda yoqilg‘i narxlarining oshishiga olib keldi.