TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, dam olish kunlari harorat foni meyoriy qiymatlardan biroz yuqori bo‘lib, kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida bo‘ladi.
Faqat O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida ushbu kunlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.