TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Toshkentda 6 va 7-avgust kunlari “Yangiamarket” hunarmandlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va musiqachilarning ikkinchi festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Festival o‘z ishini Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida olib boradi.
“Yangi formatdagi tadbir biznes, madaniyat va san’atning ko‘plab sohalari vakillarini o‘zida jamlaydi”, deyiladi xabarda.
Tadbir doirasida eng yaxshi yosh va istiqbolli dizaynerlar, hunarmandlar, bastakorlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va o‘z sohasining boshqa mutaxassislari o‘z ishlarini taqdim etadilar.
Ikki kunlik festival dasturida Rossiyaning Samocean va DIOR, Toshkentning Valeri, COC, Josef Tumari, Yunus, Densk kabi mahalliy va xorijiy yosh ijodiy guruhlari o‘z musiqiy chiqishlarini namoyish qilishadi.