“Torino” Eldor Shomurodov uchun asosiy da’vogar – OAV

“Sportitalia” nashri Turin klubi o‘zbekistonlik futbolchi uchun asosiy da’vogar ekanini yozmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Italiyaning “Roma” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov uchun “Torino” asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda.
Italiyaning Turin klubining asosiy markaziy hujumchisi Andrea Belotti erkin agent maqomida jamoani tark etgan.
“Sportitalia” nashri xabariga ko‘ra, turinliklarning uning o‘rniga yangi hujumchi qidirishmoqda. Hozir ularning diqqati Shomurodovga qaratilgan.
Avvalroq Shomurodovga Italiyaning “Bolonya”, “Sassuolo”, Angliyaning “Vulverxempton” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalaridan qiziqish borligi xabar qilingan edi.
Eldor Shomurodov 2021-yilning yozgi transferda 18 million yevro evaziga "Jenoa"dan "Roma"ga o‘tgandi. O‘zbekistonlik hujumchi “bo‘rilar” safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.