OON “Tolibon”ni* “Al-Qoida”** bilan aloqani uzishga chaqirmoqda

Tashkilotning Kontrterror boshqarmasi toliblar terrorchilar bilan aloqani uzishi uchun barcha ishni qilishini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) “Tolibon”* harakatini “Al-Qoida”** terrorchilari bilan aloqasini uzishga undash uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Bu haqda BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov ma’lum qildi.
Voronkov Afg‘onistonda “Al-Qoida”** yetakchisi Ayman az-Zavohiriy yo‘q qilingani haqida savolga javob berayotib, bu tashkilotning avvalgidek Afg‘onistonda yetarlicha yaxshi ahamiyati borligini qayd etdi.

“Mening boshqarmam “Tolibon”ni* terrorchilar bilan aloqani uzishi uchun barcha ishni qiladi”, - dedi u.

* harakat terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
** Rossiya va boshqa qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Mavzuga oid:

Kobulda az-Zavohiriyning o‘ldirilishi bo‘yicha “parvozlar tahlili” - OAV
Oq uy: Afg‘onistonda “Al-Qoida”* yetakchisi Ayman az-Zavohiriy yo‘q qilindi