TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2022yil yanvar-iyun oylarida xodimlarga 82,5 trln so‘mga yaqin ish haqi hisoblangan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yanvar oyidan beri 5 mln 372,2 ming nafar fuqaroga rasman ish haqi hisoblanmoqda. O‘rtacha oylik ish haqi qariyb 2,8 mln so‘mni tashkil qilgan.
Hududlar kesimidagi eng ko‘p o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahri va Navoiy (3,77 mln so‘m) viloyatlarida qayd etilgan. Eng kam oylik esa Sirdaryo (1,98 mln so‘m) va Farg‘ona (1,96 mln so‘m ) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatlarda o‘rtacha oylik ish haqi:
Toshkent shahrida — 4 mln 408,7 ming so‘m;
Toshkent viloyatida — 2 mln 847,7 ming so‘m;
Navoiy viloyatida — 3 mln 779 ming so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 2 mln 445,6 ming so‘m;
Andijon viloyatida — 2 mln 292,3 ming so‘m;
Buxoro viloyatida — 2 mln 261,6 ming so‘m;
Qashqadaryo viloyatida — 2 mln 113,5 ming so‘m;
Surxondaryo viloyatida — 2 mln 102,3 ming so‘m;
Samarqand viloyatida — 2 mln 096,4 ming so‘m;
Jizzax viloyatida — 2 mln 089,5 ming so‘m;
Xorazm viloyatida — 2 mln 083,1 ming so‘m;
Namangan viloyatida — 2 mln 057,9 ming so‘m;
Sirdaryo viloyatida — 1 mln 985,6 ming so‘m;
Farg‘ona viloyatida — 1 mln 969,9 ming so‘mga teng.
Avvalroq, Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3 mln 540,5 ming so‘mni tashkil etganini ma’lum qilgan edi.